
Yevropa kengashi raisi Antoniu Kosta YI byudjeti va Ukrainaga yordam masalalari oy oxirida Bryusselda boʻlib oʻtadigan maxsus sammitda muhokama qilinishini maʼlum qildi.

Rossiya banki rahbari Elvira Nabiullinaning soʻzlariga koʻra, regulyator rossiyalik investorlarga xorijda bloklangan aktivlarining sezilarli qismini qaytarishga muvaffaq boʻlgan. Bu haqda u Davlat dumasi deputatlariga maʼlum qildi.

The New York Times aniqlashicha, AQSh Savdo vazirligi Nvidia H200 chiplarini Xitoy kompaniyalariga yetkazib berishga ruxsat bergan. Ularning ayrimlari sanksiyalar ostidagi tuzilmalar bilan bogʻliq yoki faqat qogʻozda mavjud.

10 noyabr kuni Antalyada boʻlib oʻtadigan BMTning COP31 konferensiyasida Qozogʻiston energiya oʻtishiga xizmat qiluvchi QaJET investitsiya platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda LS nashri Qozogʻiston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligiga tayanib xabar berdi.