Jahon matbuoti tarjimadaShanba, 14-noyabr 2026-yil
Siyosat

Xakim Jeffris: Demokratlar Hegsethga impichment jarayonini boshlashga kirishadi

Oraliq saylovlardan keyin AQSh Kongressining har ikki palatasida koʻpchilikni qoʻlga kiritgan Demokratik partiya mudofaa vaziri Pit Hegsethga impichment eʼlon qilishga erishishga harakat qiladi.

10-noyabr, 11:35По-русски

Bu haqda Vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Xakim Jeffris maʼlum qildi. Kutilishicha, yanvar oyida Kongressning yangi tarkibi yigʻilgach, u palata spikeri boʻladi.

Jeffris ABC telekanali efirida Hegsethni vakolatini suiisteʼmol qilishda, milliy xavfsizlikka zarar yetkazishda va Eron bilan keraksiz urush boshlashda aybladi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, vazir isteʼfoga chiqishi kerak.

Pentagonda esa qonun doirasida ish olib borilayotgani, «uydirma tekshiruvlar» Hegsethni choʻchitmasligi aytildi. Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida impichmentga urinishni adolatsiz deb atadi va AQSh Venesuela hamda Erondagi har ikki urushda gʻalaba qozonganini eslatdi.