Grand Theft Auto VI chiqqanidan soʻng Metacriticʼda 99 ball oldi
Oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori baho boʻyicha The Legend of Zelda: Ocarina of Time bilan tenglashdi. Tanqidchilar oʻyinni yuqori baholadi.

Metacriticʼda oʻyin 99 ball oldi — bu The Legend of Zelda: Ocarina of Time olgan ball bilan bir xil boʻlib, u sayt tarixidagi eng yuqori bahoni saqlab turibdi.
The New York Times syujetning teranligi, Lusiya Kaminos va Jeyson Dyuvall qahramonlari, shuningdek, batafsil ishlab chiqilgan oʻyin olamini alohida taʼkidladi. The Guardian oʻyinga besh yulduz berdi va Rockstar Gamesʼning virtual olamini shu paygacha yaratilgan eng batafsil virtual olam deb atadi.
The Washington Post Grand Theft Auto VIʼni AQShdagi hayot haqida yaratilgan, unda qahramonlarning qarorlariga irq, ijtimoiy tabaqa, gender, pul va eʼtibor taʼsir koʻrsatadigan yirik asar sifatida baholadi. Bloomberg oʻyinni durdona deb atadi va videotasvirdan ajratish qiyin boʻlgan grafikasini alohida maqtadi.
IGN GTA 6’ni eng taʼsirchan oʻyinlar qatoriga kiritdi va musiqiy hamrohligiga eʼtibor qaratdi: toʻrtta radiostansiyada qariyb 200 ta qoʻshiq bor. Empire Magazine oʻyinda Amerika madaniyatiga berilgan satirani koʻrdi — nashr bahosiga koʻra, bu satira reallikka ogʻriqli darajada yaqin.
Sensor Tracker maʼlumotlariga koʻra, relizga ikki kun qolganida oʻyin oldindan buyurtmalar hisobiga $1,5 mlrd daromad chegarasidan oshdi.



