Jahon matbuoti tarjimadaJuma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Trampning Gʻazo boʻyicha Tinchlik kengashiga vaʼda qilingan 18 mlrd dollar nima boʻldi?

Donorlar Trampning Tinchlik kengashi orqali Gʻazoni tiklash uchun qariyb 18 mlrd dollar vaʼda qilgan, biroq otashkesimga erishilganidan bir yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, ishlar boshlanmadi. 280 mln dollarning katta qismi oʻzlashtirilmagan.

19-noyabr, 12:00По-русски
thenationalnews.com

Tinchlik kengashi donorlarning dastlabki moliyaviy majburiyatlari qariyb 18 mlrd dollarga yetganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, qurilishning dastlabki bosqichi uchun u 280 mln dollar soʻragan va kengashning sentyabr oyidagi bayonotiga koʻra, bu mablagʻning katta qismi oʻzlashtirilmay qolgan.

Isroil xalqaro kuchlar yoki tayyorgarlikdan oʻtgan Falastin politsiyasining Gʻazoga kirib, HAMASni qurolsizlantirishni boshlashiga ruxsat bermaguncha, loyihalarni boshlab boʻlmaydi. Isroil oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazib berilishini ham cheklamoqda, vaʼda qilingan koʻchma uylarni oʻtkazmayapti hamda Gʻazoni boshqarish boʻyicha Falastin qoʻmitasining sektor hududiga kirishiga yoʻl qoʻymayapti. Qoʻmita Qohirada faoliyat yuritmoqda.

Otashkesim kuchga kirganidan beri, Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroil kamida 1 658 nafar falastinlikni oʻldirdi va 6 000 nafarini yaraladi. Qariyb 1,4 mln falastinlik hamon vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.

Kengashni Donald Tramp Gʻazo boʻyicha reja doirasida taklif qilgan va unga tiklanishni muvofiqlashtirish vakolati berilgan. Uning tarkibiga Oʻzbekiston ham kiradi. Oʻzbekiston ham moliyaviy majburiyat olganini eʼlon qilgan, biroq uning miqdorini oshkor qilmagan.