Sinnerga operatsiya xavfi bor: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga yoʻl olmoqchi. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani bermadi. Italiyalik tennischi kortga hamon qaytmadi: u toʻlaqonli mashgʻulotlarni hali ham tiklamagan.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash hamon samara bermasa, jarrohlar yordamisiz iloj boʻlmasligi mumkin.
Sinner Uimbldon-2026dagi gʻalabasidan soʻng ATP turkumidagi birorta ham turnirda qatnashmadi.



