Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi
Ushbu mukofot uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi deb Usmon Dembele topilgandi.

Qisqa roʻyxatda eng koʻp tilga olingan klub — «PSJ»: parijliklar safidan sakkiz nafar nomzod bor — Usmon Dembele, Desire Doue, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya.
«Barselona»ning toʻrt nafar daʼvogari bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Djud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — taqdim etadi. «Arsenal»dan ham uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.
«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod bilan qatnashadi. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslayi va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.



