“Qasoskorlar: Doktor Dum” premyeragacha 100 million dollardan ortiq toʻpladi
“Qasoskorlar: Doktor Dum” uchun chiptalar oldindan savdosi premyeraga bir necha hafta qolganida 100 million dollardan oshdi.

Marvel filmining chiptalari oldindan savdosi premyerasigacha hali bir necha hafta boʻlishiga qaramay, 100 million dollardan oshdi.
National Research Group tahliliy kompaniyasi film Shimoliy Amerikadagi prokatning ilk hafta oxirida 270 million dollar toʻplashi mumkinligini prognoz qilmoqda. Bu kompaniya kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori dastlabki prognozdir.
Filmga qiziqishni Robert Dauni-kichikning Marvel kinematik olamiga qaytishi yanada oshirmoqda. U Temir odamni emas, komikslardagi asosiy yovuz qahramonlardan biri Doktor Dumni oʻynaydi.
Filmda Kapitan Amerika, Qizil Jodugar, Tor va olamning boshqa qahramonlari ham paydo boʻladi. Rejissyorlar — “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” va “Qasoskorlar: Intiho” filmlari ustida ishlagan aka-uka Entoni va Jo Russo.
Premyera 18 dekabrga rejalashtirilgan. Oʻsha kuni Deni Vilnyovning “Dyuna: Uchinchi qism” filmi ham ekranlarga chiqishi kerak.
Yana oʻqing

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda
Madaniyat09:53
Jessica Albaning 15 yoshli qizi Haven onasi bilan yangi suratda egizagidek koʻrinishi mumkin
Madaniyat09:47
