Xuddi SpaceX kabi: Xitoyning CAS Space kompaniyasi Kinetica-2 raketalarini parallel yigʻishga oʻtdi
CAS Space Kinetica-2 Y3 va Y4 raketalarini bir vaqtning oʻzida yigʻishni boshladi. CASC maʼlumotlariga koʻra, ishlar jadval asosida ketmoqda, biroq uchirish sanalari va foydali yuk hozircha oshkor qilinmagan.

Xitoyning CAS Space kompaniyasi alohida raketalarni ishlab chiqarishdan Kinetica-2 tashuvchilarining ikkitasini parallel yigʻishga oʻtdi. Y3 va Y4 ishlab chiqarilishi jadval asosida davom etmoqda.
Kinetica-2 seriyali ishlab chiqarishni hisobga olgan holda yaratilgan. Raketa umumiy markaziy blokka ega birxillashtirilgan modullardan iborat. Yoqilgʻi baklari va baklararo boʻlimlarning oʻxshash konstruksiyasi detallarni almashtirish hamda zaxira toʻplamlar tayyorlashni osonlashtiradi. Kompaniya agregatlarning bir qismini oʻzi ishlab chiqaradi, qolgan modullar, baklar va quvurlarni esa boshqa korxonalar tayyorlaydi. CAS Space raketaning oʻzini ishlab chiqarish, yigʻish, integratsiya qilish va sinovdan oʻtkazishni allaqachon yakunlagan.
Uzunligi 52 metr boʻlgan tashuvchi 625 tonnalik start massasiga va 766 tonna tortish kuchiga moʻljallangan. U balandligi 500 km boʻlgan Quyosh-sinxron orbitaga 8 tonnagacha yoki balandligi 200 km boʻlgan past Yer orbitasiga 12 tonnagacha yuk olib chiqishi mumkin.
Kinetica-2 raketasining ilk uchirilishi 30 mart kuni boʻlib oʻtdi: Y1 raketasi Dunfen tijoriy kosmodromidan uchirildi. 3 noyabr kuni Y2 tashuvchisi «Tsyanfan» guruhiga mansub 18 ta sunʼiy yoʻldoshni orbitalarga olib chiqdi. CASC bu missiyalar Xitoyning past orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar guruhlanmasi uchun texnologiyalarni sinovdan oʻtkazishga yordam bergan va tez-tez, arzon uchirishlar tizimini yaratishga yaqinlashtirgan deb hisoblaydi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
