«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
«Roskosmos» bosh direktori Dmitriy Bakanov sunʼiy intellektdan foydalanishning uch yoʻnalishini sanab oʻtdi: orbitadagi ekipajga yordam berish, Yer tasvirlarini yaxshilash va texnikani raqamli loyihalash.
27-noyabr, 10:41По-русски

Bakanovning soʻzlariga koʻra, Xalqaro kosmik stansiyadagi kosmonavtlar uchun GigaChat sunʼiy intellekt yordamchisi allaqachon ishlab chiqilgan. Yana bir yoʻnalish — Yerni masofadan zondlash tasvirlarining aniqligini oshirish: 1 metr aniqlikdagi tasvirni 0,5 metrgacha yaxshilash mumkin.
U uchinchi yoʻnalish sifatida sunʼiy intellektdan foydalanib, kosmik texnikani loyihalashni raqamli formatga oʻtkazishni aytdi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
