Fon der Lyayenning Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi Yevropa Ittifoqida boʻlinishga sabab boʻldi — Bloomberg
Manbalar xabariga koʻra, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina boʻyicha muzokaralar fonida Rossiya bilan Yevropa xavfsizligini muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrilishi mumkinligini bildirgan. Bu tashabbus Yevropa Ittifoqida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.

Manbalarga koʻra, Dublin sammitida Yevropaning bir qator yetakchilari bu gʻoyani ochiqchasiga ham, yopiq muhokamalarda ham tanqid qilgan. Fon der Lyayen va uni qoʻllab-quvvatlayotgan davlat rahbarlari AQSh hamda Rossiyaning muzokaralardagi ishtirokini saqlab qolish va Yevropa Ittifoqisiz qarorlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun muloqot zarur, deb hisoblaydi.
Avvalroq Yevropa komissiyasi rahbari Yevropa xavfsizlik kengashini tuzishni taklif qilgan, biroq koʻplab davlatlar bu tashabbusni iliq kutib olmagan. Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari Moskvaning talablarini muhokama qilishni diplomatik «tuzoq» deb hisoblaydi. Estoniya bosh vaziri Kristen Mixal Rossiya xavfsizlik qoidalarini oʻzgartirish va NATO kengayishini cheklash mavzusidan ittifoqchilar birligini zaiflashtirish uchun foydalanayotganini aytdi.
Yana oʻqing

Tramp Shavkat Mirziyoyevga oʻzbek ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi
Siyosat25-noyabr, 17:53
Eron bilan urush AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini qanday oʻzgartirmoqda
Siyosat25-noyabr, 14:01
