AQShda oʻlim jazolarini ijro etishni tezlashtirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻlim jazosi hukmlarini ijro etishni tezlashtirish rejalari borligini aytdi. Shuningdek, u politsiyani kengaytirish uchun qariyb $150 mln ajratilishini maʼlum qildi.

AQShda Tramp Adliya vazirligida nutq soʻzlab, vazirlikni bolalarga qarshi jinoyatlarda, shuningdek, zoʻravonlik va odam savdosi bilan bogʻliq qotilliklarda aybdor deb topilganlarga oʻlim jazosi tayinlanishiga intilishga chaqirdi.
Shuningdek, u hududlardagi politsiya boʻlinmalarini kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar yoʻnaltirilishini maʼlum qildi. Bu mablagʻlar 1 000 nafardan ortiq xodimni ishga olish imkonini beradi.
Tramp Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusomning 540 nafardan ortiq mahbusga chiqarilgan oʻlim jazosi hukmlarini muddatidan ilgari ozod etish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini ham tanqid qildi. AQSh prezidenti bu bilan shtat rasmiylari mahbuslar manfaatlarini halok boʻlganlar oilalarining huquqlaridan ustun qoʻyayotganini hisoblaydi.
Nyusom bu qarorni oʻlim jazosi Kaliforniyaning axloqiy tamoyillariga mos kelmasligi bilan izohladi. Shtatda bunday hukmlar 2006 yildan beri ijro etilmaydi. Shu bilan birga, avvalgi referendumlarda aholining koʻpchiligi oliy jazoni saqlab qolishni yoqlagan.
Yana oʻqing

Nepal hukumati bedarak yoʻqolgan qariyb 4 ming kishini halok boʻlgan deb eʼlon qiladi
Jamiyat09:28
Oʻzbekistonda yangilangan alifboga bosqichma-bosqich oʻtish muhokama qilinadi
Jamiyat23-noyabr, 12:18
