Yakuniy ATP turniri — 2026: 19-noyabr yakunlari
19-noyabr kuni Turin shahrida ATP yakuniy turnirining guruh bosqichidan navbatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu kuni Jon MakEnro guruhidagi tennischilar kortga chiqdi va ikkala match ham ikki setda yakunlandi.

AQSh vakili, uchinchi raqam ostida saralangan Ben Shelton sakkizinchi raqamli ispaniyalik Rafael Xodarni magʻlub etdi. Har ikki set murosasiz kechdi: amerikalik birinchi setda tay-brekda 10:8 hisobida, ikkinchisida esa 7:5 hisobida gʻalaba qozondi.
Turnirning birinchi raqamli tennischisi Aleksandr Zverev ham gʻalaba qozondi, biroq bu match unga katta kuch talab qildi. Oltinchi raqam ostida saralangan fransiyalik Artur Fis nemis tennischisiga birinchi setni 4:6 hisobida boy berdi, ikkinchi setda esa tay-brekka qadar yetib bordi va unda 6:8 hisobida yutqazdi.
ATP yakuniy turniri — 2026. Turin, Italiya. Guruh bosqichi, 19-noyabr:
Ben Shelton (AQSh, 3) — Rafael Xodar (Ispaniya, 8) — 7:6 (10:8), 7:5 Aleksandr Zverev (Germaniya, 1) — Artur Fis (Fransiya, 6) — 6:4, 7:6 (8:6)
Turnir 15–22-noyabr kunlari davom etmoqda. Oʻtgan yilgi gʻolib Yannik Sinner bu safar Turinga kelmadi: italiyalik mavsumni muddatidan oldin yakunladi. Ivan Lendl guruhiga Daniil Medvedev, Karlos Alkaras, Fransis Tiafo va Flavio Kobolli kirdi. Jon MakEnro guruhida Zverev, Xodar, Shelton va Fis oʻynaydi.



