Ekspert: Rossiya va Yevropa mini-sovuq urushi yoqasida qolishi mumkin
Abu-Dabidagi muzokaralar Ukrainadagi nizoni tartibga solish kun tartibini kengaytirdi, biroq tomonlarning pozitsiyalarini yaqinlashtirmadi. Bu fikrni Istanbul Nişantaşı universiteti professori Vişne Korkmaz AA Analiz uchun yozgan maqolasida bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, 10–11 noyabr kunlari boʻlib oʻtgan uchrashuvda Moskva va Kiyev ilk bor barcha bahsli masalalarni bir vaqtning oʻzida muhokama qilishga kelishib oldi. Shunga qaramay, har ikki tomon maksimalistik talablarini saqlab qoldi. Ukraina hududiy yaxlitligini tiklashni talab qilmoqda. Rossiya esa toʻrt hududning toʻliq hududi Rossiyaniki deb tan olinishini va Ukrainaning NATOga qoʻshilmasligini istamoqda.
Korkmazning fikricha, Kremlning asosiy maqsadi Ukraina bilan cheklanmaydi. Germaniya matbuoti maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Abu-Dabiga Shimoliy va Markaziy Yevropa, Boltiqboʻyi hamda Qora dengiz mintaqasining xavfsizlik arxitekturasini qayta koʻrib chiqish talablarini olib kelgan.
Ekspert Yevropa bunday shartlarga rozi boʻlishi dargumon, deb hisoblaydi. Agar Gʻarb kuchlar barqaror muvozanatiga tayanadigan boʻlsa, Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi chiziq mini-sovuq urushi chizigʻiga aylanishi, Ukrainaning boʻlinishi esa uning aks-sadosi boʻlishi mumkin.



